Kuni kecha tumanimizdagi Toshkent shahar 1-sonli tug'ruq kompleksida "Kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostida referendum oldi targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qonunchilik palatasi deputati ishtirok etib, yig'ilganlarga yangi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati, kiritilgan asosiy o'zgartish va qo'shimchalar, ayniqsa, xodimlar uchun keltirilgan moddalar to'g'risida atroflicha ma'lumot berdi.
Shu bilan birga, targ'ibot guruhi a'zolari barchani loyiha bilan tanishib chiqishga va referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.