TMZda "Jaholatga qarshi ma’rifat" tadbiri o‘tkazildi
Xabaringiz bor, Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida joylarda "Jaholatga qarshi ma’rifat" ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun tumanimiz hududidagi Toshkent metallurgiya zavodining ishchi xodimlar bilan ana shu mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda mafkuraviy xurujlar va yot g‘oyalardan saqlanish, turli diniy-ekstremistik guruhlar targ‘ibotiga aralashib qolmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarga e’tiborli bo‘lish va boshqa masalalar haqida so‘z bordi.