Yangihayot tuman hokimiyatida tuman hokimi, sektor rahbarlari, boshqaruv servis kompaniyalari masʼullari hamda favqulodda vaziyatlar boʼlimi xodimlari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Unda tumandagi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, kuz-qish mavsumini betalafot oʼtkazish, qarzdorlikni qisqartirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi.