Tumanimizdagi markaziy ko’p tarmoqli poliklinikada tuman hokimi o’rinbosarining tibbiyot xodimlari bilan yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda tibbiyot sohasidagi islohotlar, tibbiy brigadalarning tizimli ishlashini o’rganish, patronaj hamshiralari bilan tizimli muloqotni yo’lga qo’yish borasida tushuncha berildi.
Shuningdek, kuz mavsumida avj oladigan respirator kasalliklarning oldini olish bo’yicha so’z yuritildi.