Joriy yilning 10-aprel kuni Svetlana Bukanova boshchiligidagi TEDA delegatsiyasi Yangihayot tumanidagi “Yangi avlod” yangi sanoat zonasi va “Toshkent Index” savdo majmualarida bo‘lishdi.
Delegatsiya tarkibida uy savdo assotsiatsiyasi, CBSD – kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Amerika moliya instituti va yana qator xalqaro kompaniya vakillari bor bo’lib, ular sanoat korxonalarining imkoniyatlari bilan tanishishdi. 11-aprel kuni tor doirada tadbirkorlar bilan B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.