Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamgʼarmasi (YuNISEF) delegatsiyasi vakillari bugun tumanimizdagi 50-MTT va 329-maktabga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. MTTda bolajonlar ishtirokidagi musiqiy dasturdan ham bahramand boʼlishdi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor sabab, bugun maktab va MTTlar zamonaviy tendentsiyalar asosida faoliyat yuritmoqda.
Mehmonlar tashkilotlarni koʼzdan kechirar ekan, katta qiziqish va taassurotlarga ega boʼlishdi.