Tayinlov!
Yangihayot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori etib Xalmetov Abduraxim Abdugafurovich tayinlandi.
U bunga qadar Chilonzor tumani “Novza” MFY tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.