Tadbirkorlik subyektlariga elektr energiya iste'molini tejash maqsadida quyosh panellari o'rnatish ishlari davom etmoqda.
Xususan, "SIMMA HOTEL" MCHJ binosiga quvvati 10 kVt bo'lgan quyosh panellari o'rnatildi. Panellarning umumiy qiymati 100 mln so'mni tashkil etadi.
Bu boradagi vazifalar ijrosi ijtimoiy obyektlar va ko'p qavatli uylarda ham amalga oshirilmoqda.