Tuman sport maktabida "Obod ko'cha", "Obod mahalla", "Obod xonadon" dasturi doirasida "Xushnud" mahallasida yashovchi xotin-qizlar uchun sport tadbiri tashkil etildi.
Bundan maqsad xotin-qizlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Tadbirda xotin-qizlar ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini bajarib, guruhlarga bo'lingan holda volleybol musobaqasida o'zaro bellashdilar.
Tadbir so'ngida xotin-qizlarga sog'lom turmush tarzi madaniyatini oshirishga doir tavsiyalar berildi.