Yangihayot tumanidagi 285-umumtaʼlim maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida navbatdagi diniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda yoshlarni buzgʼunchi yot gʼoyalardan asrash, ekstremistik va terroristik oqimlardan ehtiyot boʼlishlari uchun ota-onalarning masʼuliyatli boʼlishi zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, yigʼilganlarni qiziqtirgan savollarga diniy mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Tadbir davomida “Jar yoqasida” va “Soxta daʼvolar” hujjatli filmlari ham namoyish etildi.