Gap shundaki, shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida voleybol bo‘yicha U-15 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tayotgan edi.
Ushbu musobaqada Yangihayot tumani sport maktabi sportchilari Toshkent shahar jamoasi sharafini himoya qilishib, O‘zbekiston chempionatida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Fursatdan foydalanib, yangihayotlik voleybolchilarga omad tilaymiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!