11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tumanimizdagi 329-sonli umumtaʼlim maktabida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” mavzusida forum boʻlib oʻtdi.
Oila va xotin-qizlar tuman boʻlimi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan “Qizlar millat kelajagi” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur tadbirda 150 nafardan ortiq xotin-qiz ishtirok etdi.
Forum doirasida oʻzining tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etgan qizlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi