Tumanimizda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi tasarrufidagi davlat va nodavlat MTTlar hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʼlom ovqatlantirishni tashkil etish, taomnoma, uning sifati, taomlarni isteʼmol qilishdagi gigienik talablar, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sogʼlom va barkamol oʼsishini taʼminlashga oid mutaxassislar tomonidan taqdimotlar namoyish etildi.
Seminarda 22 ta DMTT va 11 ta NMTT masʼullari ishtirok etib, oʼz bilim salohiyatlarini oshirishga muvaffaq boʼlishdi.