Bugun Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumida professional taʼlim muassasalarining oʼquv ishlari va oʼquv tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarlari hamda ishlab chiqarish taʼlimi boʼyicha direktor oʼrinbosarlari ishtirokida seminar shoʼba yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Unda amaliy taʼlim jarayonini tashkil etishda ishlab chiqarish korxonalarining yangi texnologiyalarini tahlil etish, dual taʼlimni tashkil etishda taʼlim muassasalari faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyish hamda umumtaʼlim fanlar roʼyxati va soatlar hajmiga kiritilgan oʼzgarishlar toʼgʼrisida taqdimotlar namoyish etildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari oʼrtasida har bir mavzuga doir bahs-munozaralar boʼlib oʼtdi va takliflar tinglandi.