info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Sektorlar faoliyatining reyting natijalar muhokama etildi

Sektorlar faoliyatining reyting natijalar muhokama etildi
timeicon 07-05-2024

Sektorlar faoliyatining reyting natijalar muhokama etildi

Bugun Yangihayot tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari, tuman sektor rahbarlari hamda boshqa tegishli bo‘lim rahbarlari ishtirokida tuman sektor rahbarlarining faoliyati tahlil qilindi.

Unga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 536-sonli Qaror mazmun–mohiyati, samaradorlik.uz elektron platformasi orqali shakllanayotgan sektor rahbarlarining reytingi taqdimot shaklida batafsil tushuntirib berildi.

Shundan so'ng mahallada hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli va uchastka nozirlarining 2023-yildagi faoliyati muhokama qilinib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech