Kuni kecha tumanimizning 330-umumta’lim maktabida iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mutasaddilari tomonidan Yangihayot tumani fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Unda 60ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida ularga pensiya tayinlashda yaratilgan sharoitlar va kam ta'minlangan oilalarga bola puli nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishi yoki rad etilishi sabablari ham tushuntirilib, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunga kiritilayotgan qo’shimcha va o’zgartirishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Sayyor qabulda fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.