Rasmiy munosabat
Bugun telegram kanallarining birida 5-bekatga yaqin hududdagi avtomobil yo'li 2 haftadan beri ta'mirlanmayotgani va natijada tirbandlik uzaga kelgani haqida fuqaroning video murojaati e'lon qilindi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bois, Qipchoq ko'chasi M-4-11 va M-4-12 magistral avtomobil yo'li oralig'idagi yo'l qazilgan va diametri 525 mm bo'lgan issiqlik quvurini almashtirish ishlari olib borilgan. Kommunal ishlar to'liq yakunlangani uchun hozirda yo'lni ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun kunning ikkinchi yarmida yo'l asfalt qilinadi.
Fuqarolardan faolliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.