Rasmiy munosabat
Bugun “Tashkent_Land” telegram kanalida tumanimizning Rayhon ko’chasidagi avtobus bekatiga kuchli shamol oqibatida zarar yetgani bo’yicha material e’lon qilindi.
Shuni ma’lum qilamizki, tegishli mas’ullar tomonidan mazkur avtobekatni joyiga o’rnatish va ta’mirlash ishlari olib borildi.
Mazkur holatni e’tiborsiz qoldirmay ma’lum qilgan faol fuqarolarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.