Bugun "Yongʼinlar profilaktikasi kuni" munosabati bilan 285-sonli umumtaʼlim maktabida Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimi va tumani Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumiga tayyorgalik koʼrish va favqulodda vaziyatlarni, xususan, yongʼin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan profilaktik uchrashuv oʼtkazildi.
Tadbir davomida oʼquvchilarga yongʼin oʼchirish texnikalari va yongʼin oʼchirishning birlamchi vositalaridan foydalanish talablari, aholi yashash joylarida va aholi koʼp yigʼiladigan maskanlarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida tushunchalar berildi.