Probatsiya nazoratidagi xotin-qizlar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi
329-umumta’lim maktabida tuman IIO FMBning mas’ul xodimlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari ishtirokida probatsiya ro‘yxatida turuvchi ayollar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tadbir qatnashchilariga
giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan qonuniy choralar, narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari
hamda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir so'nggida ishtirokchilarga ijtimoiy videoroliklar qo‘yib berildi. Ular esa mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.