info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Prezident xalq qabulxonasi vakili Yangihayot tumanida bo‘ldi

timeicon 15-04-2025

Bugun Prezident xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari tuman hokimi hamrohligida Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Tashrifning dastlabki manzili "Viqor" mahallasi bo‘ldi. U yerda aholiga qulaylik yaratish maqsadida bunyod etilayotgan piyodalar yo‘lagi hamda hududdagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, mas’ul rahbarlar "Yangi Darxon" mahallasida qurilayotgan 1 yarim kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi, irrigatsiya tarmog‘i hamda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bilan tanishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech