Pensiya jamgʼarmasi Yangihayot tuman boʼlimiga eng koʼp murojaat kelib tushayotgan «Yangi Choshtepa» MFYda sayyor qabul boʼlib oʼtdi.
Qabulda Pensiya jamgʼarmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʼi, Pensiya jamgʼarmasi Yangihayot tuman boʼlimi masʼullari ishtirok etdi. Qabul davomida «Fuqarolarning Davlat Pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Qonunga kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar hamda bolali oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam toʼgʼrisida tushuntirish berildi.
Shuningdek, masʼullar murojaat qilgan fuqarolarning uyiga borib, ular bilan muammo yuzasidan suhbat oʼtkazdi.