Hokim yordamchilari faoliyati sarhisob qilindi
Kuni kecha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman prokurori o‘rinbosari hamda hokim yordamchilari ishtirokida tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda joriy yilning 9 oyi davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ajratilgan imtiyozli kreditlarning samaradorligi muhokama qilindi.
Tadbir yakunida hokim yordamchilariga kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.