Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi
Kuni kecha “Oilaviy hayotga tayyorlash o’quv markazi”da 15 nafar yosh kelin-kuyovlar uchun malakali o'qituvchilar tomonidan o'quv-seminar o'tkazildi.
Seminar davomida mutaxasislar bo’lg’usi oila vakillariga er-xotin o'rtasidagi munosabatlarni to'g'ri yo’lga qo’yish, oilalarning mustahkamligini taʼminlash, farzand tarbiyasida mas'uliyatli bo'lish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash hamda oiladagi muammolarni oqilona yo’l bilan hal etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berdi.
Shuningdek, mashg’ulot so’ngida ishtirokchilarga maxsus sertifikat va mustahkam oila qurishda asqotuvchi qo’llanmalar taqdim qilindi.