Tumanimizdagi 329-sonli maktabda Toshkent shahar pensiya jamgʼarmasi boshqarmasi boshligʼi, tuman hokimi oʼrinbosari, tuman pensiya jamgʼarmasi boʼlimi rahbari boshchiligida seminar boʼlib oʼtdi.
Unda mahalla raislari, mahallaning faol ayollari va hokim yordamchilari ishtirok etishdi. Seminar davomida turmush darajasini yaxshilash, pensiya tayinlash, bola nafaqa puli va moddiy yordamlar tayinlanishi hamda fuqarolarning arizalari rad etilgan holatda ularga toʼgʼri tushuntirish borasida maʼlumotlar taqdim etildi.
Ochiq muloqot tarzida oʼtgan tadbirda fuqarolar ham oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.