Kuni kecha "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zakovat " intellektual o‘yinining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar bellashuviga esa tumanimizning 330-umumta’lim maktabi mezbonlik qildi.
Ushbu intellektual musobaqada "Navqiron" mahallasining zukko bilimdonlari faxrli birinchi o‘rinni egallab, Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, "Yangi Darxon" mahallasi yoshlari 2-o‘rinni, Xo‘ja Uchqun mahallasi jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Bilimdonlarimizga omad yor bo‘lsin!