Tumanimizning “Gulzor” mahallasida 4-sektor rahbari boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda 15 dan ortiq fuqarolar subsidiya, nafaqa puli, kadastr va shu kabi masalalar boʼyicha oʼz murojaatlari bilan yuzlanishdi.
Barcha murojaatchilarga tushuntirish berildi, murojaatlar ijrosini nazoratga olish boʼyicha esa tegishli rahbar tashkilotlariga topshiriq berildi.