Navbatdagi "Mikroloyihalar yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi
"Tashkent Index" savdo majmuasi hududida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 100 ga yaqin fuqarolar uchun "Mikroloyihalar yarmarkasi" o‘tkazildi.
Mazkur yarmarkada Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hamda tuman kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limining mas’ul vakillari, shuningdek, 10 ta tijorat banklarining filiallari imtiyozli kredit va biznes loyihalar taklifi bilan qatnashdi.
Bu kabi tadbirlardan aholini tadbirkorlikka jalb qilish, oilalar daromadini oshirish, mavjud tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.