Tuman hokimligida yoshlar bandligini taʼminlash, ularni sifatli taʼlim bilan qamrab olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom fikrlashlariga zamin yaratish boʻyicha belgilab berilgan vazifalar yuzasidan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi hamda mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.