Tumanimizda joylashgan sport maktabida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida ayollar oʻrtasida sport musobaqasi tashkil etildi.
Unda bir guruh xotin-qizlar volleybol, shaxmat va shashka kabi sport turlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi. Musobaqada faol ishtirok etganlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.