Mahallalarda besh muhim tashabbus loyihasining ijrosini taʼminlash va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tumanimizning 8-umumtaʼlim maktabida “Sogʻ tanda – sogʻlom aql” shiori ostida sportning karate, futbol, shaxmat, regbi, voleybol, workout, arqon tortish, kamondan oʻq otish, turnikda tortilish turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.
Musobaqa jarayonida mahalla yoshlari bir-birlari bilan bellashibgina qolmay, yaqindan tanishib, doʻstlashib oldilar. Musobaqa yakunida faol qatnashgan yoshlar taqdirlandilar.