Tuman hokimligida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari hamda tuman 4-sektor rahbari boshchiligida qabul tashkil etildi.
Qabulda 15 nafar fuqarolar ishtirok etib, turli masalalarda, xususan, kontrakt to'lovi, subsidiya, tibbiyot, moddiy yordam bo'yicha murojaat qilishdi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolgan masalalar mas'ullarga hal etish uchun topshirildi.
Shuningdek, shahar soliq boshqarma boshlig'i o'rinbosari, tuman hokimi, tuman soliq bo'limi boshlig'i tomonidan bir nechta yoshga kontrakt to'lovini to'lab berish maqsadida sertifikatlar taqdim etildi.