Milliy gvardiya xodimlari bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" tadbiri o'tkazildi
Xabaringiz bor, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida joylarda "Jaholatga qarshi ma’rifat" manaviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Yangihayot tumani qo‘riqlash bo‘limining shaxsiy tarkibi ishtirokida ana shu mavzuda navbatdagi davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olish, yoshlarni yot g'oyalar ta'siridan asrash zarurligi haqida so'z yurutildi.