Bugun "Mash'al" mahallasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida kasblar tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlovda sartaroshlik yo'nalishi bo'yicha 3- va 4-sektor bosqichi tashkil etilib, unda mazkur sektor yoshlari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchi yigitlar soch qirqish va turmaklash bo'yicha o'z iqtidorlarini namoyon etdilar. Respublika sartaroshlar uyushmasidan tashrif buyurgan hakamlar g'olib ishtirokchilarni aniqlab, ularga sohalari doirasida kerakli maslahatlar berdi.
G'olib yoshlar tanlovning tuman bosqichiga yo'llanma olishdi.