“Ayollar daftari”ning 2 chi toifasiga kiritilgan Mansuba Umarxadjayeva boquvchisini yoʻqotgan, 1 nafar farzandi bor.
3 yildan buyon ishsiz boʻlgan Mansubaga tuman hokimligi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi koʻmagida Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan sartaroshlik va uqalash jihozlari berildi.
Endilikda Mansuba Umarxadjayeva oʻz xonadonida sartaroshlik faoliyatini olib bormoqda.