“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yangihayot tumanidagi maktablarda tahsil olayotgan 50 ga yaqin o‘quvchilar uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Mahalla yoshlar yetakchilari hamrohligida o‘tkazilgan sayohat davomida o‘quvchilar Amir Temur va Temuriylar sulolasining boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ushbu tashrif o‘quvchilar uchun o‘z bilimlarini mustahkamlash va yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratdi.