Mahallarning o‘zaro hamkorligiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda
Tumanimizning har bir mahallasida "Mahalla yettiligi"ning hamkorlikda ishlash mexanizmlari, ularning kollegial mas’uliyati va javobgarligini aniq belgilash bo‘yicha seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, navbatdagi seminar 285-sonli umumta’lim maktabida tumandagi 3-sektorga biriktirilgan mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan “Mahalla yettiligi”ga tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan seminar tashkil etildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul idora vakillari, mahalla raisi va faollari ishtirok etib, shu yo‘nalishda tashkil etilishi kerak bo‘lgan ishlarni muhokama qilishdi. Shuningdek, ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.