Mahallalarning elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Bu gal elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida "Yangi Darxon" mahallasiga 3 dona yangi transformator punkti o'rnatildi. Shu bilan birga, temir betonli ustunlar qo'yish va zamonaviy SIP kabel tortish ishlari ham olib borilmoqda.