Mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham aholining kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan aholi qismiga taomlar tarqatib, ko'mak berishmoqda.
Xususan, bugun "Humo" mahallasida ham OSh tadbiri tashkil etilib, tuman hokimi o'rinbosari hamda mahalla xotin-qizlar faoli bilan birga boquvchisini yo'qotgan va nogironligi mavjud xonadonlarga borildi, ularga taomlar tarqatildi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari tinglandi.