info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Mahalla nomlari to‘g‘ri yozilganmi?

Mahalla nomlari to‘g‘ri yozilganmi?
timeicon 25-06-2024

Mahalla nomlari to‘g‘ri yozilganmi?

Tuman hokimi maslahatchisi tomonidan Toshkent shahri, Zangiota, O‘rta Chirchiq va Bektemir tumanlari bilan chegaradosh bo‘lgan bir nechta tumanimiz mahallalarida arkalar ko‘zdan kechirildi.

Ma'lum bo'lishicha, o‘rganishlar vaqtida “Yangi Gulzor”, “Jaloir”, “Binokor”, “Chortoq” va “Yangihayot” mahallalari kirish qismida o‘rnatilgan arka yozuvlari ko’zdan kechirildi. Unga ko’ra, ba’zi kirish arkalarida to‘g‘ri yozishda imloviy xatoliklar va ularning umumiy holati bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlari kuzatilgan.

Shundan so‘ng, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla raislari va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech