Kuni kecha tumanimizdagi “Green park” bogʼida aholimiz uchun tibbiy koʼrik tashkil etildi.
Tibbiy koʼrikda terapevt, nevropatolog, okulist, UZD va EKG mutaxassislari va shu kabi 15 nafar malakali shifokorlar aholi salomatligini nazoratdan oʼtkazdi.
Bugun esa 9:00 dan boshlab Yangihayot tumani markaziy poliklinikasida ayollar uchun maxsus tibbiy koʼrik tashkil etilgan. Malakali shifokorlar koʼrigidan oʼtish istagida boʼlsangiz, albatta koʼrikka keling.