Kuni kecha tuman prokurori, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va masʻullar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mahalla faollari, yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbirda voyaga yetmagan shaxslarni huquqiy himoya qilish hamda oilalarni tiklash va aliment undiruvini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida soʻz bordi.
Shuningdek, tadbir davomida voyaga yetmagan shaxslarni huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat himoyasida ekanligi alohida taʻkidlanib, huquqiy tushuntirishlar berildi.