Kuni kecha tuman hokimligi binosida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari boshchiligida yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarning tumanimizdagi ijrosini taʼminlash, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar boʻyicha yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, hokim o'rinbosari tomonidan kreditlarni o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash va bu masalaga mas'uliyat bilan yondashish kerakligi ta'kidlandi.