Kuni kecha tuman hokimi Al-Farg'oniy mahallasidagi muammosi mavjud bo'lgan yoshlar bilan uchrashdi.
Yoshlar bilan suxbatda bilim olish, kelajak uchun rejalar tuzib, maqsad sari oldinga intilish, biror kasbning yetuk mutaxassisi bo'lish ta'kidlandi.
Shuningdek, tuman hokimi yoshlarning to'g'ri yo'ldan adashmay, vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun tegishli choralar ko'rish bo'yicha mahalla mas'ullariga ko'rsatmalar berdi.