Korxonalarda profilaktik tadbirlar davom etmoqda
"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri doirasida tuman IIO FMB boshlig'i "Dentafill Pluys" korxonasida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir boshlanishida giyohvandlik vositalaring salbiy oqibatlari aks etgan video rolik namoyish etildi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlik vositalari oldi-sotdisiga aralashib qolmaslik va bunday holatlarda jazo muqarrarligi haqida tushuntirishlar berildi.