Xususan, bugun "Uzpolitex Holding" korxonasida xodimlar uchun "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvda mediasavodxonlikni oshirish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni olish va tarqatishda e’tiborli bo‘lish, diniy ekstremizm va terrorizm kabi yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Ushbu chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashdir.