info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Korxonalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda

timeicon 28-05-2025

Xabaringiz bor, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida joylarda "Jaholatga qarshi ma’rifat" ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun “Akfa Assembly” hamda "Prof Pack" korxonasida ham shu mavzuda navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar ishchi xodimlariga aqidaparastlik va diniy ekstremizmning ma’naviy barqarorlikka tahdidi, yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash va farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech