Kommunal sohadagi xabarlarni eʼlon qilishda davom etamiz.
Xabaringiz bor, yil boshidan buyon tumanimizdagi koʻplab transformator punktlari mukammal taʼmirlanib, kam quvvatga ega transformatorlar koʻp quvvatli yangisiga almashtirilmoqda.
Haroratning pasayishi sababli “Olchazor” mahallasida elektr isteʼmoli bir muncha ortdi. Shu bois, tuman hokimligi va tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tashabbusi bilan qish mavsumida elektr taʼminoti bilan bogʻliq noxush holatlarni oldini olish va elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida hududdagi 420/10 kVt transformator oʻrniga undan quvvatliroq boʻlgan 630/10 kVt quvvatga ega transformatorga almashtirildi.