info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Kiberjinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Kiberjinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
timeicon 08-07-2024

Kiberjinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

 

Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik markazi hamda tuman IIB mas’ullari tomonidan tuman hokimligida faoliyat yurituvchi xodimlar bilan "Bank kartalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari" mavzusida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning keng tarqalayotgan turlari haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, bank kartalaridan foydalanish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarni firibgarlar qo‘liga berib qo‘ymaslik va buning uchun zarur bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligi aytib o‘tildi.

 

Joylarda bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech