Tumanimizda joylashgan Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi hamda Qozog'iston Respublikasining Anvar Ismailov nomli kolleji o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv doirasida dasturiy injiniring, avtomobillar servisi, taʼlim sifatini oshirish hamda tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish kabi masalalar boʻyicha o'zaro fikr almashildi hamda hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, tomonlar o'rtasida turli yo'nalishlar bo'yicha muzokalar olib borildi hamda kelajakdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.